
Bu mavsum chempionlikka harakat qilamiz!
"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold jamoaning joriy mavsumdagi maqsadini aytdi.
"Bizning jamoa sifatida asosiy maqsadimiz chempionlikni qo‘lga kiritish va bu mavsumda ham shunga intilamiz. O‘tgan mavsum etarlicha yaxshi bo‘lmadi, ammo biz qiyin muammolarni hal qilishimizga ishonamiz", - deya angliyalik himoyachining so‘zlarini keltirmoqda "Goal" nashri.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Angliya chempionatida "Liverpul" beshinchi o‘rinni egallab, Chempionlar ligasiga chiqa olmagandi.
Fikrlar