"Bu o‘yin ko‘proq O‘zbekistonga foyda beradi, terma jamoadan tushgan taklifni rad etganman" - Shota Arveladze bilan bo‘lajak bahs oldidan suhbat

  • 9 noyabr, 2021, 22:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 15 noyabr kuni Tbilisida Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Ayni paytda Srechko Katanets boshchiligidagi vakillarimiz tayyorgarlik ko‘rishyapti.

Tecno

Gruziya milliy terma jamoasi biz uchun yaxshi raqib. Chunki Evropadagi raqiblar bilan o‘yinlar har tomonlama jamoamiz uchun faqat foyda beradi. Ushbu uchrashuvdan ikkala tomonning ham ko‘zlab qo‘ygan maqsadlari bor, albatta.

Gruziya – O‘zbekiston qarama-qarshiligi bu ilk to‘qnashuv emas. Yodingizda bo‘lsa, 2017 yili birinchi marta bu terma jamoalar maydonda bellashishgan. O‘sha o‘yinda jangovar durang – 2:2 hisobi qayd etilgan bo‘lib, terma jamoamiz safida Eldor Shomurodov dublga erishgan. Bu esa ushbu jamoalarning o‘zaro ikkinchi uchrashuviga aylanmoqda.

arveladze_1

Gruziya tomonlarda ham terma jamoamiz bilan o‘yinga qiziqish chakki emas. Albatta, gruziyaliklarni oldinda Shvetsiyaga qarshi juda muhim o‘yini kutib turibdi. Chunki ularning ham o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi bor.

“Paxtakor”da bir necha yil ishlab sovrinlarni yutgan va muxlislarning ishonchini qozongan gruziyalik Shota Arveladze uchun ham Gruziya – O‘zbekiston bellashuvi alohida ahamiyat kasb etsa ajab emas. Chunki Arveladze futbolchilik faoliyatida Gruziya terma jamoasida ham ko‘plab o‘yinlar o‘tkazgan, to‘purar maqomini haligacha o‘zida saqlab turibdi. Sports.uz muxbirining mazkur o‘yinga taalluqli savollariga Shota Yustinovich baholiqudrat javob qaytardi.

- Shota Yustinovich, yaqinda Tbilisida Gruziya hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari ishtirokida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Bu o‘yinni stadionda kuzatasizmi? Umuman, o‘yin oldidan nimalar degan bo‘lardingiz?

- Ushbu o‘yinni stadionda emas, balki televizor orqali uyimda tomosha qilmoqchiman. O‘ylaymanki, Gruziya – O‘zbekiston terma jamoalari ishtirokida o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvi qiziqarli kechsa kerak.

arveladze1

- Gruziyaning bugungi kuchiga qanday baho berasiz? Raqib O‘zbekistondan ancha kuchlimi?

- Menimcha, ikkala terma jamoa teng kuchga ega. Terma jamoamizning O‘zbekistondan kuchli demayotganimning boisi shuki, biznikilar barqaror o‘yin namoyish eta olmaydilar.

- U erda sizdan O‘zbekiston termasi haqida so‘rashyaptimi?

- Hozircha mendan o‘rtoqlik o‘yinidagi raqib – O‘zbekiston haqida hech kim so‘rayotgani yo‘q. Aytishim kerakki, barchaning diqqat – e’tibori Shvetsiyaga qarshi kechadigan bo‘lajak bellashuvga qaratilgan.

arveladze4_1

- Sizni Gruziya terma jamoasiga ham taklif qilishgandi-a?

- Albatta, mendan Gruziya milliy terma jamoasini boshqarishni so‘rashgan. Ammo o‘z xohishimga ko‘ra, bu taklifni rad etganman. Buning sababini tushuntirib o‘tishni istamagan bo‘lardim.

- Tbilisida bo‘ladigan o‘yinda qanday hisobni kutyapsiz va ushbu qarama-qarshilik ko‘proq kimga foyda?

- Bu o‘yin ikkala terma jamoaga birdek foydali. Binobarin, O‘zbekiston terma jamoasiga ko‘proq foyda beradi. Chunki terma jamoangizni yangi bosh murabbiy boshqarishga kirishgan.

- Darvoqe, kuni kecha “Paxtakor” navbatdagi chempionligini nishonladi...

- Ha, albatta. “Paxtakor”ning chempionlikka erishganligi bilan menga ham bu quvonchni etkazgan odamlar bo‘ldi. Ularni tabriklayman.

arveladze3_1

- O‘zingiz haqingizdagi oxirgi yangilikni ayta olasizmi?

- Xizmatimga ko‘z tikayotgan bir nechta klublar yo‘q emas, albatta. Ammo hozircha takliflarni o‘rganib chiqyapmiz. Vaziyat qanday yakun topishini esa vaqt ko‘rsatadi.

- Futbolsiz zerikayotgandirsiz?!

- Bo‘lmasam-chi, albatta zerikyapman. Axir xayoti futbol bilan bog‘liq chambarchas odamga sevimli o‘yinisiz ko‘p narsa zerikarli tuyuladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shavkat Pardaev
14/11/2021 22:00
Ахир хаёти футбол билан боғлиқ чамбарчас одамга севимли ўйинисиз кўп нарса зерикарли туюлади.
"чамбарчас одам", Ўзбек тилида бунақа ибора йўқ эдику, ким кашф қилди? Sports.uzни ҳар куни севиб ўқийман, аммо, нашрдаги хатоларни кўриб, асабим бузилади. ctrl+enter ни босгач, сарлавҳани ёзиб хатони кўчиргунингча сарлавҳа йўқ бўлиб қолади, қисқаси, жўнатиб бўлмайди. Ёки кадрлар масаласи чатоқми? Ҳурматли корректор! Илтимос! эътиборлироқ бўлинг!
PROSTO TELE
14/11/2021 15:51
Грузия албатта ютади, анча кучлику ахир. Узбекистон хозир ноль холатда, аслида авваллари хам ноль булган.
Анна lАлаанаэарова
15/11/2021 04:48
Агар имкони булса регистрациясиз езиш учун имконият яратишсин жамоа ноль булса хам узимизники