
Bu o‘yinchi “Liverpul”, “Siti” va “Bavariya”ni mensimadi
“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong yozgi transferlar vaqtida Kataloniyani tark etishi kutilayotgan edi.
Niderlandiyalik futbolchiga “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Bavariya”dan jiddiy takliflar bo‘ldi. De Yong kelajagi borasida bir qarorga kelganini ma’lum qildi.
Goal nashrining xabar berishicha, futbolchi “Barselona”da qolishga va Xavi Ernandem qo‘l ostida o‘ynashga qaror qilgan.
24 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda 18 ta uchrashuvda ishtirok etib, ikkitadan gol va assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar