Bu o‘yinchi Mourinoga kerak bo‘lmasa, biz olamiz!
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino o‘zi bilan kelisha olmay qolgan niderlandiyalik himoyachi Rik Karsdorpni umuman o‘ynatmay qo‘ydi.
Sport direktori Tyagu Pinto 27 yoshli futbolchini ketadigan o‘yinchilar ro‘yxatiga qo‘shgan va unga yangi jamoa qidirmoqda. Klub bosh murabbiyga kerak bo‘lmay qolgan Karsdorpni yanvar oyi davomida sotib yubormoqchi.
“Yuventus” Karsdorp transferini so‘rab, Tyagu Pintoga murojaat qilgan birinchi klub bo‘ldi. Turinliklar tajribali himoyachi uchun poytaxt klubiga besh million evro taklif qilgan edi. “Roma” rahbariyati o‘yinchini 10 million evroga baholayotgani uchun “Yuventus” murojaati inobatga olinmadi.
Corriere dello Sport nashrining ta’kidlashicha, “Yuventus” Karsdorpni olish fikridan qaytmagan va tez kunlarda ikkinchi taklifini yuboradigan bo‘ldi.

Fikrlar