Bu o‘yinga anons shart emas yoxud Babayan Qosimovga qanday "sovg‘a" tayyorlayapti?

  • 1 iyul, 2022, 00:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing birinchi davradagi oxirgi – 13-turida markaziy o‘yin borligini bilasiz-a? Olmaliqda AGMK – “Navbahor” to‘qnashuviga e’tibor ham, qiziqish ham katta. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu Mirjalol Qosimov bilan Samvel Babayan o‘rtasidagi o‘ziga xos duelga ham aylanadi. Ustiga-ustak jamoalar turnir jadvalida ham 21 ochko jamg‘arib, yonma-yon borishyapti. Ularning maqsadi ham bir: sovrindor bo‘lish va Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqish. Xullas, AGMK va “Navbahor” har jihatdan bir-biriga asosiy raqobatchilar.

Tecno

AGMK – “Navbahor” yoki Qosimov va Babayan nomlarining o‘ziyoq ushbu uchrashuv uchun yaxshigina anos vazifasini bajarib bera oladi. Olmaliqliklar oxirgi ikkita uchrashuvda g‘alaba qozona olmagani ham yodingizda bo‘lsa kerak. 3-turning qoldirilgan “Nasaf”ga qarshi bahsda 2:2 hisobi qayd etilgandi. Undan avval esa AGMK “Olimpik” klubiga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ygan. Qosimov jamoasi oxirgi marta 27 may kuni g‘alaba qozongan bo‘lib, o‘z uyida “Neftchi”ni 3:1 hisobida taslim qilishgandi. Hammasi ma’lum: AGMK g‘alabaga juda chanqoq.

agmk13_1

“Navbahor”ga kelsak, ular o‘tgan turda Namanganda “Metallurg” bilan uchrashuvda juda va juda qimmatli bo‘lgan ikki ochkoni boy berdi. O‘sha o‘yinda 0:0 hisobi qayd etilgan. Umuman aytganda, chempionat etakchilari bo‘lajak bellashuvga g‘alabasiz etib keldilar. Babayan jamoasi goh-gohida yuqoridagi kabi ochkolarni yo‘qotib qo‘yayotgani chempionat yakunida qimmatga tushishi muqarrar. Masalan, “Metallurg”ga qarshi o‘yinda yo‘qotilgan ochkolarni o‘rnini Olmaliqda albatta qoplashi shart. Lekin qarshisida AGMK turganda bu ishni bajarish yanada qiyin vazifaga aylanadi. Xuddi shunday fikrni AGMKning o‘ziga nisbatan ham qo‘llashimiz mumkin. Ikkita uchrashuvda yutolmagani sababli ularning oldida g‘alabadan boshqa yo‘l ham yo‘q.

agmk4_3

Bu ikki jamoa azaldan bir-biriga jiddiy qarshilik ko‘rsatib kelgan. Bo‘lajak o‘yin ularning chempionatdagi umumiy 29-qarama-qarshiligiga aylanadi. Ustunlik AGMK tomonida. Boisi, olmaliqliklar 12 ta uchrashuvda g‘olib chiqqan. “Navbahor”ni esa 7 ta o‘yinda qo‘li baland kelgan. Yana 9 ta bahsda kuchlar teng kelib qolgan. To‘plar nisbatidagi farq u qadar katta emas. 37x34 AGMK foydasiga. Mezbonlar 45, mehmonlar esa 30 ochko jamg‘argan.

Namanganliklar Olmaliqda uch marta zafar quchgan. 2018 yilgi mavsumda “Navbahor” mehmondan 1:2 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgandi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlarda yirik hisob faqat bir marta qayd etilgan bo‘lib, 2011 yilgi mavsumda “Navbahor” AGMK maydonida 0:3 hisobida zafar quchgan.

navbaxor2_6

Xullas, “Navbahor”ning AGMK ustidan g‘alaba qozonganiga uch yil bo‘ldi. O‘sha 2018 yilgi mavsumda ikkala davrada ham olmaliqliklar ustidan muvaffaqiyatga erishgan namanganliklar shundan beri AGMKni taslim etish yo‘lini topa olmayapti. Bu safargi bahs ikkala jamoa uchun qanchalik muhimligini ortiqcha ta’riflashimiz shart emas. Bu vaziyatda Qosimov bilan Babayanning qanday taktika qo‘llashiga ham ko‘p narsa bog‘liq. Sharoit, moliyaviy imkoniyat bo‘yicha ikkala jamoa ham bir-biriga mos tushadi.

Darvoqe, AGMKdan farqli o‘laroq “Navbahor”da bitta zaxira o‘yini bor. “Olimpik” jamoasiga qarshi bellashuv 5 iyul kuniga belgilangan. Babayan jamoasi aynan ushbu uchrashuvdan keyin yozgi ta’tilga chiqib ketadi. Ungacha esa ikkita muhim o‘yin kutyapti. Ayniqsa, Olmaliqda AGMK klubiga qarshi Babayan alohida reja tuzgan bo‘lsa ajablanmaymiz. Qiziq, Qosimovga qanday "sovg‘a" tayyorlayapti? Yoki aksinchami?!     

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!