Bu qiziq. Qaysi jamoa “Barselona” va “Real” gegemonligiga chek qo‘ymoqchi?

  • 26 dekabr, 2016, 19:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning “Sevilya” klubi sport direktori Ramon Monchi jamoasining kelajakdagi ulkan rejalari haqida gapirib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra andalusyaliklar La Ligada ko‘pdan buyon davom etib kelayogan “Barselona” va “Real” gegemonligiga chek qo‘yib, mamlakat chempionligini qo‘lga kiritish haqida o‘ylashmoqda.

Tecno

“Bu juda ham qiyin vazifa. Ammo, buni uddalash mumkin. Bu orzu, biroq, u ushalishi mumkin.

Bundan 12 yil avval hech kim bizni Evropa ligasida 5 marta g‘olib chiqishimizni hayollariga ham keltirmagan edi. Ammo, biz buni uddaladik. Biz nimalarga erishganimizni tasavvur ham qila olmaymiz”, - deydi Monchi Marca nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Sevilya” Ispaniya chempionatining ortda qolgan 16 turi yakunlariga ko‘ra 33 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida “Real” va “Barselona” jamoalaridan so‘ng 3-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!