Bu qiziq. "Yuventus"dan ketishi ma’lum bo‘lgan Allegri bugun "Manchester Siti" xo‘jayini bilan birga tushlik qildi

  • 17 may, 2019, 20:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bugun "Manchester Siti" xo‘jayini Xoldun Al Muborak bilan birga tushlik qildi. Bu haqda jurnalist Abdulloh Bulma o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun “Yuventus” rasmiy sayti mavsum yakunlangach 51 yoshli italiyalik mutaxassisning jamoadan ketishi haqida e’lon qilgan edi.

Bundan avvalroq esa “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Yuventus”ga ketmasligini aytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!