
“Bu shartnoma nega kerak?”, deb so‘ra!
“Liverpul”ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager ayni paytda televidenieda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritmoqda.
Karrager “Chelsi” safida ortiqcha o‘yinchilar yig‘ilib qolganini inobatga olib, klubning transfer siyosatini qattiq tanqid qilib, futbolchilarni bu klub bilan shartnoma imzolamaslikka chaqirdi.
- “Chelsi” o‘yinchi sotib olaverishni to‘xtatishi lozim. O‘yinchilar bu klub bilan shartnoma imzolamasin. Men futbolchi bo‘lganimda o‘zimga “Bu shartnoma nega kerak?”, degan savolni berardim.
Bunaqa bitim tuzishga sabab bo‘ladigan yagona omil agentning gapi bo‘lishi mumkin. Ular odatda, “biz katta summaga etti yillik shartnoma tuzyapmiz, bu etti yil katta maosh kafolatlanadi”, deyishadi.
“Chelsi”ga Joau Feliks keldi. Bir hafta oldin ular Pedru Netuni oldi. Tarkibda Koul Palmer bor ekan ular qaerda o‘ynaydi?
Buyuk klublarda raqobat kerak. Lekin men o‘ynagan jamoalarda har hafta maydonga tushishini bilgan 7-8 ta etakchi o‘yinchi bo‘lardi, - dedi Jeymi Karrager.
Fikrlar