
Bu summa Mbappeni “Real”dan tortib olishga etadi
PSJdan ketishga qaror qilgan Kilian Mbappe “Real”ga nasib qilmasligi mumkin. 24 yoshli hujumchining muxlisi bo‘lgan Yurgen Klopp uni “Liverpul”da ko‘rmoqchi.
FIFA agenti Marko Kirdemir “Liverpul” Mbappeni qo‘lga kiritish uchun madridliklar bilan raqobatlashishga tayyorligini ma’lum qildi.
Manbaning ta’kidlashicha, liverpulliklar bu transfer uchun rekord summa – 300 million evro tikishni rejalashtirmoqda.
- Kelasi hafta yangiliklar bo‘lishi kutilyapti. “Liverpul” vakillari “Real” bilan raqobatlashadi. Ular Mbappe uchun – 300 million evro atrofida xarajat qilishga tayyor, - dedi Marko Kirdemir.
Kilian Mbappe kelasi mavsumni PSJda o‘tkazib, yozda erkin agent sifatida “Real”ga o‘tmoqchi. Biroq, ishga “Liverpul”ning aralashishi va katta summa taklif qilishi PSJ rejalashtirgandek, Kilianni shu yoz transfer qilinishiga olib kelishi mumkin.
Fikrlar