Bu yozda "Manchester Yunayted"ni kimlar tark etadi?

  • 7 iyun, 2023, 16:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ni yozda bir nechta futbolchilar tark etishi mumkin.

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Manchester Yunayted"ni Fil Jons, Aksel Tuanzebe, Aleks Telles, Erik Bayilar tark etishi aniq. 

Vaut Vegorst jamoadan ketishi kutilmoqda. "Qizil iblislar" 30 yoshli hujumchini jamoada saqlab qolish uchun muzokaralar olib borishni istamayapti. Unga "Everton", shuningdek, Germaniya va Ispaniya klublari qiziqish bildirilmoqda. Vegorstning narxi taxminan 10 million evro atrofida. Hozirda uning ketishi haqida aniq gaplar yo‘q.

Xarri Maguayr ham MYuni tark etishi mumkin. Qishda bir nechta klublar unga so‘rovlar bilan chiqishgan, ammo o‘sha paytda Erik ten Xag futbolchi bilan xayrlashishga tayyor emas edi.

Biroq, endi futbolchiga yaqin odamlar ham, klubga yaqin odamlar ham angliyalikni tark etish eng to‘g‘ri echim bo‘lardi, deb hisoblamoqda. U muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlaydi. Tez orada Maguayr va ten Xag ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Tomonlar Maguayrning faoliyatini davom ettirishning mumkin bo‘lgan variantlarini muhokama qilishlari kutilmoqda.

Bundan tashqari, Din Xenderson klubni tark etishi mumkin. "Nottingem Forest" allaqachon darvozabonni to‘liq transfer qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Klub darvozabondan juda mamnun, Dinning o‘zi esa Nottingemda juda xursand edi.

Shuningdek, mankunianliklarni tark etishga yaqin turganlar orasida Donni van de Bek ham bor. U faoliyatini davom ettirish variantlarini qidirmoqda. Agar yaxshi taklif tushsa, ingliz grandi uni qo‘yib yuboradi.

Van de Bek klubda juda baxtli - u muhitni yaxshi ko‘radi va ten Xag bilan ajoyib munosabatda. Biroq, Donni muntazam o‘ynashni xohlaydi. "Manchester Yunayted" yangi yarim himoyachilarni sotib olmoqchi bo‘lsa, Van de Bek "Manchester Yunayted"da kamroq imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!