
Buffon 43 yoshigacha PSJda qolishi mumkin
PSJ klubi rahbariyati jamoaning tajribali darvozaboni Janluiji Buffonga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra tomonlar “1+1” ko‘rinishidagi shartnomani imzolashlari mumkin. Agar Buffonning yoshi 41 da ekanligini inobatga olsak, u 43 yoshgacha PSJda to‘p surishi mumkin.
Bundan tashqari yangi kelishuvga ko‘ra Buffonning maoshi yanada oshiriladi. Hozir uning yillik maoshi 4 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Buffon joriy mavsum PSJ safida jami 20ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 13ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar