
Buffon A Seriya rekordini yangilamoqchi
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishni va Italiya chempionatidagi eng yoshi katta darvozabonga aylanishni xohlamoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ma’lum qildi.
Aytish kerakki, hozirgi kunda bu boradagi rekord "Latsio" posboni Marko Balottega tegishli. U 44 yosh 38 kunlik paytida A Seriyada maydonga tushgan.
Buffon 28 yanvar kuni 43 yoshga to‘ladi va uning amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. U joriy mavsum “Yuventus” safida jami 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 4 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar