Buffon: Donnarumma “Yuventus”ni yanada kuchaytirgan bo‘lardi

  • 2 iyul, 2017, 13:35
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Turinning “Yuventus” klubi darvozaboni Janluiji Buffon o‘zining yosh hamkasbi Janluiji Donnarummaga qimmatli maslahatlar berdi.

“U faqat o‘zini baxtli qila oladigan ishni qilishi kerak. Italiya terma jamoasi tarkibida bo‘lib turgan paytimiz u bilan ayni damdagi vaziyati borasida 15 daqiqacha suhbatlashib turdik. Menimcha, Donnarumma ham huddi boshqalardek o‘zi istagan qarorni qabul qilishi kerak.

Agar “Yuventus”da uni qo‘lga kiritishga imkoniyat paydo bo‘ladigan bo‘lsa, Turin klubi buning uchun albatta harakat qiladi. Donnarumma tarkibimizni yanada kuchaytirgan bo‘lardi”, - deydi tajribali darvozabon.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 18 yoshli darvozabon “Milan” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishi mumkinligi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!