
Buffonga 4 ta xaridor chiqdi
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta variantga ega. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 43 yoshli italiyalik posbon mavsum yakunlangach "Atalanta", "Napoli", "Portu" yoki "Lill"ga o‘tish imkoniyatiga ega. Agar jamoada unga etarli o‘yin amaliyoti berilishi kafolatlansa, u “Yuve” bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirishi mumkin.
Buffon joriy mavsum "Yuventus" safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 5 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar