
Buffonning 1000 ta o‘yini raqamlarda
JCh-2018 saralash bosiqchida Albaniyaga qarshi o‘yinda Italiya termasi darvozaboni Janluidji Buffon faoliyatidagi 1000-o‘yinini o‘tkazdi. Biz esa uning 1000 ta o‘yinini o‘ziga xos raqamlarda ifodalashga harakat qilib ko‘ramiz.
>>Gol urishni “Chicharito”dan o‘rganing yoxud Meksika termasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
>>O‘zbekiston – Qatar uchrashuviga oid faktlar va statistikalar
>>Futbol tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan 18 futbolchi
220 – aynan shuncha o‘yinni Buffon janoblari “Parma” safida o‘tkazgan
208 – “Parma” safida shuncha gol o‘tkazgan
>>Ispaniyada tayinli hujumchi chiqmaganmi yoxud “qizil furiya” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
612 – 1000 ta o‘yinning shunchasini “Jiji” “Yuventus” safida o‘tkazgan
479 – Buffonning “keksa sinora” safida o‘tkazgan gollari soni shunchani tashkil etadi
>>Podolskini eslab… Germaniya termasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
168 – Italiya termasida Buffon mana shuncha o‘yin o‘tkazgan. UEFAga kiruvchi hech bir terma jamoa futbolchisi Buffondanda ko‘p o‘yin o‘tkazgan emas
117 – “moviy gvardiya” safida o‘tkazgan gollari soni
17 – Buffon futbol tarixida 1000 ta o‘yin o‘tkazgan 17-futolchi bo‘ldi(yoshlar va o‘smirlar termasidagi faoliyat qo‘shilmaganda)
>> O‘z an’anasiga sodiq murabbiy
614 – A Seriyadagi o‘yinlar soni. Bu borada qahramonimiz faqatgina Xaver Zanetti va Paolo Maldinilardan ortda qoladi
973 – O‘tgan mavsum qariya darvozabom A Seriyada shuncha daqiqani “quruq” o‘tkazdi va rekord o‘rnatdi.
11 – A Seriyaning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan mavsumlar soni. Bu ham rekorddir
103 – Buffonning 1000 o‘yinining shunchasi EChL o‘yinlariga to‘g‘ri keladi
5 – Buffon shuncha JCh(kattalar o‘rtasidagi)da ishtirok etgan. Rossiyadagi mundial oltinchisi bo‘lishi kutilmoqda
5 – 2006 yilgi mundialda Buffon janoblari 7 o‘yinning shunchasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlashga erishgan edi
>> Terma jamoada eng ko‘p gol kiritgan 10 futbolchi
17 – Buffon Evrolarda shuncha o‘yin o‘tkazgan va Italiya termasida unga teng keladigani yo‘q bu borada
23 – “Jiji” shuncha bor raqiblar tomonidan 11 metrli nuqtadan berilgan zarbani bartaraf etgan
52,88 – 2001 yil “Yuventus” Buffonni “Parma”dan sotib olish uchun shuncha mln evroni ayamagan
>> MLSda o‘ynagan jahon chempionlari
0 – Bu esa Buffonning “minus” jihati. Gap shundaki, italiyalik super kipper biror marta EChLda g‘olib chimagan
426 – Buffon 1000 o‘yinda shuncha bor seyv ijro etgan
828 – 1000 o‘yinda shuncha marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- So‘nggi daqiqalar talvasasi
- Mashxur futbol muxlislari. DJ Pilligrimdan Sevara Nazarxongacha...
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar