Bugun 41-o‘yin yoxud "So‘g‘diyona" - "Metallurg" bahsi oldidan

  • 1 may, 2022, 08:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing 6-tur bahslari davom ettiriladi. Jizzaxning “So‘g‘diyona” “Metallurg”ni qabul qiladi. Uchrashuv oldidan bekobodliklar matbuot xizmati prevyuni taqdim etdi.

“So‘g‘diyona” va “Metallurg” jamoalari bugungacha kuchlilar safida o‘zaro 40 ta o‘yin o‘tkazgan. O‘zaro o‘yinlarda kichik ustunlik jizzaxliklar tomonida. Ular bunga o‘tgan yilgi har ikkala o‘yinda g‘alaba qozonishgach erishishdi: 17 ta uchrashuvda jizzaxliklar, 15 tasida bekobodliklar zafar quchgan. 7 ta uchrashuvda esa  durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 55:51, “So‘g‘diyona” foydasiga.

met prevyu

Mazkur jamoalar o‘rtasida qayd etilgan eng yirik hisob – 4:0. “So‘g‘diyona” 2001 yilda o‘z maydonida ham, safarda ham bir martadan shunday hisobda zafar quchgan. Eng gollarga boy o‘yin 2014 yili Zominda bo‘lgan uchrashuvda kuzatilgan. Unda darvozalarga to‘qqizta to‘p kiritilgan – 5:4.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!