Bugun Andrey Kanchelskis ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi
Chempionatning 19-turida «Navbahor» o‘z maydonida «Paxtakor»ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘yganidan xabaringiz bor, albatta. Qolaversa, bunga qadar namanganliklarda yana o‘zgarishlar yuz bergan bo‘lib, bosh murabbiylikka serbiyalik Deyan Jurjevichning o‘rniga rossiyalik Andrey Kanchelskis qaytarilganini ham yaxshi bilasiz.
Biroq uning jamoasi deyarli bo‘lajak chempionga imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramasdan, mahalliy muxlislar murabbiylar shtabiga to‘liq ishonishini bildirishmoqda. Bizga ma’lum bo‘lishicha, 17 sentyabr, ya’ni bugun soat 11.45 da «Navbahor» stadionida bosh murabbiy ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Aytish kerakki, rossiyalik mutaxassis har doim jurnalistlar bilan ochiq muloqot qilishga odatlangan. Shu sababli «Navbahor»ga qaytganidan beri hali u bilan katta suhbat uyushtirilmagani bois klub matbuot xizmati vakillari barcha jurnalistlarni taklif qilgan holda bosh murabbiy ishtirokida alohida matbuot anjumanini o‘tkazishga qaror qilishdi.



Fikrlar
Узининг вакти-вакти б/н турли хил уткир (жёсткий) интерью ва чикишлари б/н ухлаб ётган УФА ва ПФЛ рахбарларини кузини очишга ва вактида этакларини ёпишга мажбур кила олади.
Хурматли Спортс.уз ходимларидан вактида мухлисларбоп тилда тугри таржима килиб биз мухлисларга етказишади деган умиддамиз.