
Bugun APL start oladi. Dastlabki bahs - London derbisi!
Bugun Angliya premer-ligasi 2022/2023 yilgi mavsumiga start beriladi. Kun doirasida bitta o‘yin bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Unda Londonning ikki jamoasi o‘zaro bahs olib boradi. "Kristal Pelas" - "Arsenal" o‘yini yangi mavsumning ilk uchrashuvi bo‘ladi. Bellashuv 00:00 da start oladi.
Ma’lumot o‘rnida, "Kristal Pelas" o‘tgan mavsum APLda 48 ochko bilan 12-o‘rinni egallagandi. "Arsenal" 69 ochko to‘plagan holda, 5-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar