Bugun "B" guruhida ikkinchi o‘rin uchun jang bo‘ladi

  • 24 iyun, 2024, 07:24
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evroning 3-tur uchrashuvlari start oldi. Kecha "A" guruhidagi barcha o‘yinlar o‘z nihoyasiga etgan bo‘lsa, bugun ikkinchi guruhdagi jamoalarning keyingi yurishlari aniq bo‘ladi, ya’ni kimdir uyga, kimdir esa pley-offga qarab yo‘l oladi.

 "B" guruhida Ispaniya allaqachon birinchi o‘rinni naqd qilib bo‘lgan. Jamoa ikkinchi turda Italiyani mag‘lub qilib, 6 ochko bilan peshqadamga aylanib olgandi. Agarda Spalletti shogirdlari bugun zafar quchadigan bo‘lsa ham, ikkinchi o‘rinda qoladi. 

Deyarli barchada imkoniyat bor, xatto Xorvatiya ham ikkinchi o‘rin bilan guruhdan chiqishi mumkin. Buning uchun jamoa Italiyani mag‘lub qilishi kerak bo‘ladi. Albaniya esa Ispaniyaga qarshi maydonga tushib, o‘z omadini sinab ko‘radi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!