Bugun "Bavariya" o‘ynaydi. Uchrashuvni qaerda tomosha qilish mumkin?
Xabaringiz bor, 17 maydan e’tiboran Germaniya Bundesligasida mavsum tiklandi.
Kecha 26-turning ayrim o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bugun esa amaldagi chempion - “Bavariya” o‘ynaydi. Myunxen klubi poytaxtda “Union” jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Bundesliga uchrashuvlarini O‘zbekiston xududida namoyish etish huquqini qo‘lga kiritgan “Sport” telekanali soat 21:00 dan boshlab ushbu uchrashuvning jonli efirdagi translyatsiyasini boshlaydi.
Bundesliga. 26-tur
"Union"Berlin - "Bavariya" Myunxen 21:00



Fikrlar