Bugun EChL 4 guruhida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Evropa chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqichi so‘nggi tur bahslariga start beriladi.

A guruhi

“A” guruhida o‘tkazilgan  turdan so‘ng PSJ  va “Arsenal” jamoalari 11 ochkodan jamg‘arib, muddatidan oldin keyingi bosqichga yo‘l olgan bo‘lsa, “Bazel” va “Ludogorets” jamoalari 2 ochkodan jamg‘arishgan va ular Evropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

00:45  “Bazel” – “Arsenal”

00:45  PSJ – “Ludogorets”


B guruhi

“V” guruhida vaziyat biroz o‘zgacha. Bu erda uchta jamoada keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor. Guruh 8 ochko bilan etakchilik qilayotgan “Napoli” shuncha ochkoga ega “Benfika” bilan kuch sinashsa, 7 ochko bilan uchinchi o‘rinda borayotgan “Beshiktosh” hech qanday imkoniyatga ega bo‘lmagan “Dinamo K” (2 ochko) maydonida qimmatli 3 ochkoni olishga harakat qiladi.

00:45  “Benfika” – “Napoli”

00:45  “Dinamo Kiev” – “Beshiktosh”


C guruhi

“S” guruhida kutilganidek, “Barselona” (12 ochko) yaqqol ustunlik bilan keyingi bosqich masalasini hal qilib bo‘lgan. Ikkinchi o‘rinda borayotgan “Manchester Siti” hisobida esa 8 ochko bor va ular ham deyarli pley-offda turishibdi. Evropa Ligasi yo‘llanmasi naqd qilgan “Borussiya M” (5 ochko) esa safarda “Barselona” mehmoni bo‘ladi.

00:45  “Barselona” – “Borussiya M”

00:45  “Manchester Siti” – “Seltik”


D guruhi

Bu guruhda “Atletiko” 15 ochko bilan allaqachon pley-offga yo‘l olgan. “Bavariya” esa 9 ochko bilan keyingi bosqich masalasini hal qildi. Biroq qolgan ikki jamoa so‘nggi tur bahsida Evropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Garchi “Rostov” 4 ochko bilan bunga yaqin turgan bo‘lsada, PSV (1 ochko) maydonida o‘tadigan o‘yinda gollandlarni faqatgina g‘alaba qoniqtiradi.

00:45  “Bavariya” – “Atletiko”

00:45  PSV – “Rostov”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!