Bugun Eldor Shomurodov jamoasi o‘ynaydi yoxud "Jenoa" 3 ochko ishlashi mumkin

  • 4 noyabr, 2020, 16:32
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Italiya A Seriyasi 3-turidan qoldirilgan "Jenoa" - "Torino" bahsi bo‘lib o‘tadi. 

Tecno

Genuyaliklarning ko‘pgina futbolchilari koronavirusga chalingani bois ushbu bellashuv qoldirilgandi. Bugun o‘yin Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

Qayd etish joizki, "Jenoa"ning raqibi turnir jadvalida 5 uchrashuvda 1 ochko olib, 19-o‘rinda bormoqda. "Jenoa"da bu jamoani mag‘lub etish imkoniyati bor. Chunki raqib biroz kuchsiz. Shuning uchun aksariyat insonlar bugun genuyaliklar 3 ochko olishini taxmin qilmoqda. Mezbonlar esa 5 turda 5 ochko jamg‘argan holda 16-pog‘onani band etgan.

Omad kimga kulib boqishini bir necha soatdan so‘ng bilib olamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!