Bugun Gabriel Jezus maydonga qaytadi

  • 12 mart, 2023, 07:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" futbolchisi Gabriel Jezus safga qaytganidan xabaringiz bor bo‘lsa kerak. Hujumchi "kanonirlar"ning "Fulxem"ga qarshi o‘yinida maydonga tushishi kutilmoqda. Bu haqda "Goal" nashri xabar tarqatdi.

Tecno

26 yoshli hujumchi Braziliya terma jamoasining mundialdagi ilk turida Kamerunga qarshi bellashuvda tizzasidan jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqandi.

Ushbu yo‘qotish "Arsenal"ga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Klubning asosiy hujumchisi sanalgan Gabrielni o‘rnini Nketia to‘ldirishiga to‘g‘ri keldi. Ammo angliyalik futbolchi qanchalik buni uddalay oldi? Nketia "Arsenal" safida 23 ta o‘yinda 4 gol va 1 ta assist amalga oshirdi. Hujumchining MYuga qarshi uchrashuvda ko‘rsatgan qahramonligini hisobga olmasa, u Jezusni o‘rnini to‘ldira olmadi.

Arteta shogirdlari APLda chempionlik uchun kurashayotgan jamoa hisoblanadi. Ularni oldinda hali "Manchester Siti", "Liverpul" va"Chelsi"ga qarshi markaziy bahslar kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!