Bugun hamyurtimiz jahon chempioniga qarshi jang qildi. Natija qanday bo‘ldi?

  • 28 yanvar, 2022, 21:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yurtimizda boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tayotganidan xabaringiz bor. Bugun musobaqa dasturiga ko‘ra dam olish kuni edi. Ushbu vaqtda esa O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan ajoyib jang kechasi tashkil etildi. Markaziy jang -67 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tib, unda o‘zbek bokschisi Abdurasul Ismoilov havaskor boksda amaldagi jahon chempioni yaponiyalik Sevon Okazavaga qarshi ringga ko‘tarildi. 4 raund to‘liq davom etgan jangda durrang qayd etildi. 

Tecno

Ikkinchi asosiy jangda iqtidorli bokschimiz Abdulaziz Najmiddinov boshqa bir hamyurtimiz Abbosbek Ashuraliev ustidan ochkolar hisobida ustun keldi.

Ertaga esa muhlislarni Osiyo chempionati final janglari kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!