Bugun "Humo" KXLda ishtirok etadigan jamoa farm-klubiga qarshi o‘ynaydi

  • 17 noyabr, 2019, 07:07
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo" jamoasi Xitoy jamoalariga qarshi uy uchrashuvlari seriyasini davom ettiradi. Bugun Evgeniy Popixin shogirdlari Pekinning "KRS-BSU" jamoasiga qarshi muzga chiqishadi.

Tecno

Ma’lumot uchun, bugungi raqib Kontinental Xokkey Ligasida ishtirok etadigan "Kunlun  Red Star" jamoasining farm-klubi sanaladi. Jamoa 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ayni vaqtda turnir jadvalidagi 18 klub (Konferentsiya 1) orasida 17-o‘rinni (18 ochko) egallab turibdi.

Mazkur bahs soat 17:00 da Toshkentdagi "Humo-Arena" muz saroyida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!