Bugun jahon chempionatida besh nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi

  • 24 avgust, 2018, 09:53
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati-2018 turnirining to‘rtinchi kungi bellashuvlari start oladi.

Tecno

Musobaqada bellashuvlar kunduzgi va kechki dasturlar bo‘lingan holda o‘tkazilmoqda. Bugungi bahslarda besh nafar bokschimizning ringga chiqishi rejalashtirilgan.

Kunduzgi bellashuvlarda 56 kg vazn toifasida Abdumalik Xalokov chorak final uchun kechadigan jangda argentinalik Mirko Kuello bilan kuch sinashadi.

Vakillarimizning bugungi raqiblari bilan tanishing.
Kunduzgi janglar:

56 kg: Abdumalik Xalokov (O‘zbekiston) – Mirko Kuello (Argentina)

60 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (O‘zbekiston) – Xarli Mederos (AQSh)

81 kg: Tyason Alaoma Osato (Italiya) – Temur Merjanov (O‘zbekiston)

Kechki janglar:

69 kg: Jahongir Rahmonov (O‘zbekiston) – Kaue Belini (Braziliya)

75 kg: Navo Tamazov (O‘zbekiston) – Bae Seung Xyun (J.Koreya).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!