
Bugun "Lokomotiv" navbatdagi nazorat o‘yinini o‘tkazadi
Yangi mavsum uchun qizg‘in tayyorgarlik jarayonini olib borayotgan "Lokomotiv" jamoasi mashg‘ulotni Turkiyada davom ettirmoqda.
Bugun "temiryo‘lchilar" navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. "Titanic Stadium" o‘yingohida bo‘lib o‘tadigan bellashuvda vakillarimizga Latviyaning RFSh jamoasi raqiblik qiladi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:30 da start oladi.
Fikrlar