
Bugun Masharipov asosiy tarkibda o‘ynaydimi? yoxud O‘zbekiston MTJning Yamanga qarshi taxminiy tarkibi
Yamanga qarshi o‘yinda O‘zbekiston safida kimlar maydonga tushishi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda va muhokalarga sabab bo‘lyapti. Chunki bu bellashuvda aksariyat insonlar vakillarimizning ustunligini taxmin qilib, bazi etakchilarimizni Saudiyaga qarshi bahsga olib qo‘yish kerakligini aytmoqda.
Bu borada sharhlovchi Murod Rizaev ham Jaloliddin Masharipovni Yaman bilan uchrshuvda o‘ynamasligi uning o‘rniga himoyada harakat qiladigan Oleg Zoteev qanot yarim himoyasida to‘p tepa olishini, shuningdek, Zoteevning pozitsiyasini Ibrohimhalil Yo‘ldoshev to‘ldira olishiga ishonchi komil ekanligini aytdi.
Ko‘pchilikni qiziqtirgan tarkib borasida SPORTS.uz sayti o‘z taxminini bayon qiladi. SPORTS.uz sayti talqini bo‘yicha tuzib chiqilgan taxminiy tarkibda Zoteev oldinroqqa o‘tkazilishi, Ibrohimhalilga uning o‘rnida imkoniyat berilishi maqsadga muvofiq deb ko‘rildi.
Hal holda raqamlar va o‘yin jihatdan ustunligimiz ko‘rinib turgan bahsda tavakkal qilib Masharipovni asosiy tarkibga kiritmagan ma’qul. Albatta, o‘yinning borishiga qarab uning maydonga tushish yoki tushmasligi hal qilinadi. Jaloliddin bitta sariq kartochka olsa, Saudiyaga qarshi muhim bellashuvni o‘tkazib yuboradi.
Murod Rizaev: Yaman bilan o‘yinda Vadim Abramovdan tavakkal qilmasligini va Jaloliddin Masharipovni maydonga tushurmasligini so‘raymiz
Vadim Abramov Yamanga qarshi o‘yin oldidan Jaloliddin Masharipov, tarkibda o‘zgarishlar qilishi mumkinligi va boshqalar haqida gapirdi
Yaman murabbiyi: Falastin O‘zbekiston ustidan g‘alaba qozongach bizda ishonch paydo bo‘lgandi. Ammo...
Quyida SPORTS.uz sayti talqini bo‘yicha O‘zbekistonning Yamanga qarshi taxminiy tarkibi bilan tanishing:
Darvozabon: Sanjar Quvvatov
Himoyachilar: Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Oleg Zoteev, Rustam Ashurmatov, Umar Eshmurodov, Hojiakbar Alijonov
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov, Ikrom Aliboev, Sanjar Shoahmedov, Odil Hamrobekov
Hujumchi: Eldor Shomurodov
Fikrlar
Агар Жалолиддин тушмаса аник ютказади
Жавоб
Агар Жалолиддин тушмаса аник ютказади
Жавоб
Агар Жалолиддин тушмаса аник ютказади
Жавоб