Bugun Mourino italyancha uslubni qo‘llaydi. Unda Shomurodovni ham maydonda ko‘ramizmi?
"Roma" Italiya chempionati 28-turida "Atalanta" bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Rimda o‘tkaziladi.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi. O‘yinni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi.
"La gazzetta dello sport" uchrashuv oldidan "Roma"ga oid mulohazalarni taqdim etdi. Unga ko‘ra Joze Mourino bugun 3 himoyachi bilan o‘ynashi yozilgan. Ya’ni 3-4-1-2 taktikasi. Hujumda doimgidek Temmi Abraxam va Nikolo Dzanolo tandemi birgalikda harakat qiladi. Hujum ortida Lorentso Pellegrini to‘p tepadi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov zaxiradan o‘z vaqtini kutishiga to‘g‘ri keladi.
Turnir jadvalida "Roma" 44 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. "Atalanta" 47 ochko jamg‘arib 5-pog‘onani band etgan.



Fikrlar