Bugun Namangandagi stadionda ilk marotaba klub madhiyasi kuylanadi

  • 04.05.2019 17:02
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, bir necha oy oldin "Navbahor" klubi rahbariyati jamoa madhiyasi uchun tanlov e’lon qilgandi. Bunda Bahodir Jo‘raevning madhiyasi klub mutasaddilari tomonidan ma’qul ko‘rildi va bugun bo‘lib o‘tadigan "Navbahor" - "So‘g‘diyona" uchrashuvida mazkur madhiya muxlislar tomonidan jo‘r bo‘lib kuylanadi.

Ushbu madhiyaning musiqasi "Real" klubining madhiyasiniki bilan bir xil.

Navbahor”

Bahodir Jo‘raev so‘zi 

 

Biz, Namangan lochini futbol bilan yashaymiz,

G‘oliblik yo‘li sari olg‘a qadam tashlaymiz.

Yomg‘ir yoki issiqda to‘lar o‘yingohimiz,

Chunki faxrim “Navbahor” - bizning jon-u dilimiz.

 

Naqorat

“Navbahor”, “Navbahor”, “Navbahor” bizga g‘alaba darkor,

Buyuk “Navbahor”!!!

 

Biz doim quvonch bilan mehmonlarni kutamiz,

Mehnat qilsak albatta, g‘alabaga etamiz.

Qani, endi baralla keling, birga aytamiz,

Namanganning engilmas uchqur lochinlarimiz.

 

Naqorat

“Navbahor”, “Navbahor”, “Navbahor” bizga g‘alaba darkor,

Buyuk “Navbahor”!!!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!