
Bugun O‘runov jamoasi Moskvaga safar qiladi
Rossiya Premer-ligasi 24-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Unda rus yurtidagi o‘zbek muxlislari kuzatib boradigan "Ufa" klubi Moskvada "Dinamo" qarshiligini sindirishga harakat qilib ko‘radi.
Turnir jadvalidagi holati tobora og‘irlashib borayotgan ufaliklar g‘alaba qozonishga majbur. Muhim 3 ochko qo‘lga kiritilgan taqdirda, O‘runov jamoasi xavfli hududdan chiqib olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Faqatgina, buning uchun "Ural" maydoniga safar qiladigan "Arsenal" Tula ochko olmasligi zarur.
Ma’lumot uchun, "Dinamo" - "Ufa" RPL doirasida 11 bor to‘qnash kelgan. Ulardan 7 tasida poytaxtliklar g‘alaba qozongan bo‘lsa, 4 bahsda tomonlar 1 ochkodan bo‘lishib olgan. Ufaliklar hali "Dinamo"ni mag‘lub etish yo‘lini topa olmagan.
O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi. Ushbu bahs atrofidagi eng so‘nggi yangiliklarni saytimiz orqali kuzatib boring.
Fikrlar