Bugun O‘zbekiston MTJ qo‘shni mamlakat terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

  • 26 may, 2021, 17:22
  • 0
  • Futbol

“JCh-2022” hamda “Osiyo kubogi-2023”ga qo‘shma saralashida kurash olib borayotgan O‘zbekiston terma jamoasi  bugun qo‘shni Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu o‘yin Turkmaniston tarafining talabiga binoan yopiq tarzda o‘tkaziladi. Uchrashuvga faqat ikki terma jamoa rasmiylari kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida “JCh-2022” hamda “Osiyo Kubogi-2023” qo‘shma saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistonida markazlashgan turnir bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi.

Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoamiz “D” guruhida Saudiya Arabistoni terma jamoasidan so‘ng (11) ikkinchi o‘rinda bormoqda. Terma jamoamiz hisobida 9 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!