
Bugun "Paxtakor" stadioniga qancha tomoshabin tashrif buyurdi?
Bugun Toshkentda Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” hamda “Al Ahli” klublari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor.
Qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy kechgan bahs 1:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda ushbu uchrashuvni 25 250 nafar ishqiboz bevosita stadiondan turib kuzatib bordi. Qayd etish lozimki, yaqin orada “Paxtakor” uchrashuvini tomosha qilish uchun bu qadar ko‘p muxlis tashrif buyurmagan edi.
Ma’lumot uchun, Shota Arveladze shogirdlari ayni damda 4 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egallab turishibdi.
Fikrlar
Xuvillagan stadion bu jamoaga xos emas.