
Bugun Shomurodov va O‘runov bir-biriga qarshi o‘ynaydi!
Bugun Rossiya premer-ligasida 27-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu chempionatda to‘p surayotgan o‘zbekistonlik ikki legioner – Eldor Shomurodov hamda Oston O‘runov jamoalari o‘zaro maydonga tushadi.
Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadigan ushbu o‘yinda har ikkala hamyurtimizni ham maydonda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishimiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Rostov” ayni damda RPL musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda, “Ufa” esa 6-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar