
Bugun "Strandja" turnirida 14 nafar o‘zbekistonlik bokschi jang qiladi!
Bolgariyaning Sofiya shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Strandja” xalqaro turniri o‘zining so‘ngi bosqichlariga etib kelmoqda. Bugun musobaqada doirasida 12 ta bahsda, 14 nafar bokschimiz ringa ko‘tarilishadi.
Ahamiyatli tomoni, -54 kg va -75 kg vaznlardagi janglarda vakillarimiz ishtirokidagi bahslarga guvoh bo‘lishingiz mumkin.
Yarim final doirasida bahs olib boradigan bokschilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
-50 kg: Sabina Boboqulova - Vu Yu (Xitoy)
-57 kg: Humorabonu Mamajonova - Svetlana Kamenova (Bolgariya)
-51 kg: Asilbek Jalilov - Sanjar Tashkenbay (Qozog‘iston)
-54 kg: Hasanboy Do‘stmatov - Hujanazar Nortojiev
-57 kg: Shahzod Muzafarov - Enh-Amar Harhuu (Mo‘g‘uliston)
-60 kg: Dilshod Abdumurodov - Asror Vohidov (Tojikiston)
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Artur Sahakyan (Armaniston)
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov - Yaroslav Hartsiz (Ukraina)
-71 kg: Iqboljon Holdorov - Akash (Hindiston)
-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Javohir Ummataliev
-86 kg: Samandar Jalolov - Pavlo Michkovskyi (Ukraina)
+92 kg: Jahongir Zokirov - Nikolaz Begadze (Gruziya)
Bahslar Toshkent vaqti bilan 17:00 dan boshlab start oladi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar