
Bugun Yaxshiboev va Umarovning jamoalari o‘ynaydi
Bugun Belarus chempionatida 18-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" klubi bu tur safarda "Minsk" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:45 da start oladi.
Shuningdek, bugun Jasur Yaxshiboevning "Shaxtyor" jamoasi ham o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Soligorskliklar "Neman" mehmoni bo‘ladi.
Belarus Oliy ligasi. 18-tur
18:45 "Minsk" - "Energetik-BGU"
20:45 "Neman" - "Shaxtyor".
Fikrlar