Bugun Yaxshiboev va Umarovning jamoasi o‘ynaydi
Bugun Belarus chempionatida 3-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Kunning dastlabki bahsi hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev va Shaxboz Umarovlar faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" hamda "Minsk" jamoalari o‘rtasida kechadi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.
Bundan tashqari turning so‘nggi ikki bahsi ham bo‘lib o‘tadi. Quyida bugungi uchrashuvlar anonsi bilan tanishasiz.
Belarus chempionati / 3-tur
16:00 "Energetik-BGU" - "Minsk"
18:00 "Vitebsk" - "Smolevichi" (Match TV)
20:00 "Isloch" - "Slutsk" (Match TV)
Fikrlar