
Bugungi "Navbahor" - "So‘g‘diyona" uchrashuvini kim sharhlaydi?
Xabaringiz bor, bugun Coca Cola Superligasi 7-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi o‘tkaziladi.
Mazkur bellashuv "Dunyo bo‘ylab" telekanalida jonli efirda namoyish etiladi. O‘yinni esa Murod Rizaev sharhlab boradi. Ushbu bellashuv 20:00da start oladi.
Bugun shuningdek, yana uch bahs o‘tkaziladi. "Buxoro" o‘z uyida "Metallurg" bilan kuch sinashadi. "Paxtakor" Toshkentda "Surxon"ni qabul qiladi. "Nasaf" Olmaliqda mehmon bo‘ladi.
Fikrlar