
BUM! Benzema Frantsiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
"Real" Madrid hujumchisi Karim Benzema Frantsiya milliy terma jamoasidagi faoliyati yakunlanganini e’lon qildi.
U kecha nihoyasiga etgan Qatardagi mundialda jarohat tufayli ishtirok eta olmagandi. Avvaliga Karim "uch ranglilar" bilan Qatarga keldi, ammo jarohati bezovta qilgani bois birorta bahsda maydonga tushmadi.
35 yoshli futbolchi Frantsiya libosida 2007 yilda debyut qilgan hamda bu vaqt oralig‘ida 97 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 37 gol va 20 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar