BUM! Shomurodov Turin klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi (foto)

  • 11 yanvar, 2023, 10:02
  • 1
  • Futbol

"Roma" sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga yaqin turibdi.

Mashhur insayder Nikolo Skira tarqatgan xabarga ko‘ra, legionerimiz "Torino" bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishgan. Endi faqatgina rimliklar bilan moliyaviy tomon hal qilinsa bo‘lgani. Katta ehtimol bilan, vakilimiz Turinga ijara asosida ko‘chib o‘tadi.

Avvalroq, Shomurodovga "Kremoneze", "Bolonya" kabi klublardan ham qiziqish borligi aytilayotgandi. U "bo‘rilar" tarkibiga 2021 yilda "Jenoa"dan kelib qo‘shilgan.

Eldorning transfer summasi 7 million evroga teng.

image_2023-01-11_09-52-22

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
YAHYOBEK MUXTOROV
11/01/2023 10:07
Бум, рози бўлди деявериб зериктирдиларинку, бўладиган гапни қачон ёзасизлар.