
BUM! Ulug‘bek Baqoevni "Paxtakor"da kutishmoqda(mi)?!
O‘zbekiston Superligasi 8-turida chempionlik uchun kurash olib borayotgan "So‘g‘diyona" o‘z maydonida "Nasaf"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bellashuvdan so‘ng jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev klub rahbariyatidan iste’fo so‘radi. SPORTS.uz saytiga ma’lum qilinishicha, mutaxassisning xizmatiga "Paxtakor" jiddiy qiziqmoqda. O‘z navbatida, toshkentliklar OChLdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng shimoliy makedoniyalik Slavche Voyneskining jamoadagi kelajagiga shubha bilan qaramoqda.
Voqealar rivojini SPORTS.uz bilan kuzatib boring!
Fikrlar