Bunaqada uzoqqa borolmaymiz!

  • 17 aprel, 2022, 23:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” qiyin o‘tgan uchrashuvda “Norvich Siti” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Biroq, jamoa darvozaboni David de Xea jamoadoshlarining o‘yinidan norozi bo‘lmoqda.

- Yaxshi o‘ynay olmayotganimizni bilaman. Lekin uch ochko oldik. “Norvich” kabi jamoalar bilan uyimizda o‘ynar ekanmiz, o‘yinni yaxshiroq nazorat qilishimiz kerak. Bu g‘alabaning ahamiyati katta. Kuchli to‘rtlikka kirish imkoniyati tug‘ildi. Oxirigacha kurashamiz.

Atrofdagi jamoalar ochko yo‘qotgani bizga yangi imkoniyat berdi. Lekin bunaqa futbol etarli emas. Biz o‘yinni boshidan oxirigacha nazorat qilishimiz, raqibga gol urishi uchun imkon bermasligimiz kerak. Hozir har qanday raqib darvozamizni ishg‘ol qilishni uddalayapti, - dedi David de Xea.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!