Bunaqasi 16 yil muqaddam sodir bo‘lgan edi
Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") va Lionel Messining ("Barselona") jamoalari Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqa olmadi.
E’tiborlisi, 2004/05 yilgi mavsumdan buyon ilk bor na Messi, na Ronaldu EChL 1/4 finaliga chiqa olmadi. Bundan 16 yil muqaddam Messi to‘p suradigan "Barselona" 1/8 finalda "Chelsi"ga, Ronaldu o‘ynagan "Manchester Yunayted" esa "Milan"ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Ammo keyinchalik Messi va Ronaldu jami hisobda 9 marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

Fikrlar