
Bundan “Real” ham, Ronaldu ham yutqazdi!
“Real” sardori Serxio Ramos portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning klubdan ketgani har ikki tomonga ham foyda bermaganini aytdi.
- Bu transferdan klub ham, Ronaldu ham yutqazdi. Men klub rahbari bo‘lganimda Krishtianuning ketishiga hech qachon yo‘l qo‘ymas edim. U futbol olamining eng zo‘r o‘yinchilaridan biri va bunaqalar bilan hamkorlik butun umr davom etishi kerak.
Ronalduning qarorini ham qabul qilishga majburmiz. Buyuk futbolchilar o‘z taqdirini hal qilishga haqli, albatta, - dedi Serxio Ramos.
Hozir Serxio Ramosning ham “Real”dagi faoliyati mavhumligicha qolmoqda. Klub yangi shartnomada uning talablarini inobatga olmadi. Bu masala hali echimini topgani yo‘q. O‘z navbatida, Krishtianu Ronalduning “Yuventus”dan ketishi ko‘p muhokama qilinmoqda. Unga da’vogarlar qatorida “Real” ham bor.
Fikrlar