
"Bunday noto‘g‘ri ishlarni qabul qilib bo‘lmaydi"
"Manchester Siti" o‘zining instagram sahifasida Abduqodir Husanov va yana bir qator futbolchilar o‘z termalari safida o‘yin o‘tkazgani haqida post joylandi.
Ushbu post izohida "Thats dominoc" nikli instagram foydalanuvchisi futbolchimiz haqida biroz kishini o‘ylantirib qo‘yuvchi post joyladi:
- Husanovning xavfsizligi va yaxshi holatda bo‘lishi uchun sizlar qisman javobgarsiz. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ko‘plab videolarda uning atrofida ko‘p olomon yig‘ilgani, futbolchiga tanish bo‘lgan va bo‘lmagan insonlar uni o‘rab olganini ko‘rish mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, futbolchi bu jarayonda biroz asabiy va chalg‘igan.
- Uning daxlsizligini hurmat qiling. Diqqatini jamlashga izn bering va karerasini birinchi o‘ringa qo‘ying. Bunda aynan sizlar hal qiluvchi rol o‘ynaysiz. Bunday noto‘g‘ri ishlarni qabul qilib bo‘lmaydi.
Fikrlar