
Bundesliga. "Bavariya" qatorasiga oltinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi
Hozirgina Germaniya Bundesligasi 26-turidan o‘rin olgan "Union Berlin" hamda "Bavariya" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Berlindagi "An der Alten Forsteray" stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
40-daqiqada Robert Levandovski penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqada Benjamen Pavar oradagi farqni ikkitaga etkazdi. Shu tariqa, myunxenliklar hisobidagi ochkolar soni 58 taga etdi va ikkinchi o‘rindagi "Borussiya" Dortmund bilan 4 ochkolik farq saqlanib qoldi. Poytaxtliklar esa 30 ochko bilan 12-pog‘onadan joy olishgan.
Fikrlar