
Bundesliga. "Bavariya" sensatsion tarzda mag‘lub bo‘ldi
Bundesliga 32-turidan o‘rin olgan "Maynts" - "Bavariya" o‘yini yakuniga etdi. Unda myunxenliklar 3:1 hisobida raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Mezbonlar safida Burkardt, Niakate hamda Barreyru gol urdi. Ushbu gollarga Levandovski bir marta javob qaytardi.
Bir tur avval chempionlikni naqd qilib ulgurgan "Bavariya" hisobidagi 75 ochko o‘zgarmay qoldi. Kuchli raqibni taslim qilgan "Maynts"ning qo‘lga kiritgan ochkolari soni 42 taga etdi.
Fikrlar