Bundesliga. "Bayer" g‘alabaga erishib, uchinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi

  • 30 may, 2020, 01:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya Bundesligasining 29-turida "Frayburg" klubi o‘z maydonida "Bayer"ni qabul qildi va uchrashuvda Kay Xeverts tomonidan kiritilgan yagona gol mehmonlarga muhim 3 ochkoni keltirdi.

Shu tariqa, "Bayer"ning ochkolari soni 56 taga etib, turnir jadvalining uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilib oldi. Jamoadan bitta kam o‘yin o‘tkazgan "Borussiya Dortmund" 57 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, 28 ta bahsni o‘tkazgan "Leyptsig" hisobida 55 ochko bor.

"Frayburg" klubi esa 38 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda va katta ehtimol bilan 29-turda qolgan jamoalar o‘z uchrashuvlarini o‘tkazganlaridan so‘ng, "Frayburg" o‘zi egallab turgan pog‘onadan pastga sho‘ng‘ib ketadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!