Bundesliga doirasidagi "Bavariya" - "Union Berlin" uchrashuvi qoldirildi! (Foto)
Germaniya Bundesligasi 13-turidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Union Berlin" uchrashuvi qoldirildi. Bunga sabab Myunxenda o‘ta kuchli qor yoqqani bo‘ldi.
Uchrashuv rasmiylari maydonni o‘yinga yaroqli, deb topmadi. Shu tariqa, bahs noma’lum muddatga bekor qilindi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi bellashuv bugun 19:30 da start olishi kerak edi.





Fikrlar