Bundesliga grandi "Roma" hujumchisiga qiziqib qoldi

  • 20 avgust, 2019, 18:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning “Roma” klubi forvardi Patrik Shik faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda chexiyalik futbolchining xizmatlariga “RB Leyptsig” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ular Shikni jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan hujumchi Jan-Keven Ogyustenning o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rishmoqda.

“RB Leyptsig” 23 yoshli Shikni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Patrik Shik o‘tgan mavsum A Seriyada 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!